Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Nobel mukofoti sovrindorlari nomlari 6-13 oktyabr kunlari e’lon qilinadi

Nobel mukofoti sovrindorlari nomlari 6-13 oktyabr kunlari e’lon qilinadi

2025 yilgi Nobel mukofoti laureatlari 6-13 oktyabr kunlari Stokgolm va Osloda e’lon qilinadi. Bu haqda TASS xabar beradi.

Nobel jamg‘armasi press-relizida xabar qilinganidek, fiziologiya yoki tibbiyot sohasidagi laureat nomi 6 oktyabr kuni Karolinskiy instituti qoshidagi Nobel qo‘mitasi tomonidan, 7-8 oktyabr kunlari esa fizika va kimyo sohasida laureat nomi Qirollik fanlar akademiyasi Nobel qo‘mitasi tomonidan e’lon qilinadi.

9 oktyabr kuni esa Shvesiya akademiyasi adabiyot sohasidagi sovrindor haqida gapiradi.

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati 10 oktyabr kuni Osloda e’lon qilinadi. Bu haqda Norvegiya Nobel qo‘mitasi ma’lum qildi.

Alfred Nobel xotirasiga bag‘ishlangan Shvesiya Riksbank mukofoti sovrindori 13 oktyabr kuni Stokgolmdagi Qirollik Fanlar akademiyasi huzuridagi Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha Nobel qo‘mitasi tomonidan aniqlanadi.

Kiritildi: 13:22 04.02.2025. O'qildi: 1003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!