Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Nobel mukofoti sohibi Aun San Su Chining qamoq jazosi qisqartirildi

Nobel mukofoti sohibi Aun San Su Chining qamoq jazosi qisqartirildi

Myanma hokimiyati sobiq bosh vazir va Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Aun San Su Chining qamoq jazosini amnistiya doirasida qisqartirdi.

Bu haqda uning advokati xalqaro axborot agentligiga ma’lum qildi. Shuningdek, sobiq prezident Vin Mint va yana 4330 dan ortiq mahbus ozod etilgan.

80 yoshli Aun San Su Chining jazo muddati oltidan bir qismga, ya’ni taxminan to‘rt yarim yilga kamaytirildi. Endi u 2049 yil emas, 2044 yilda ozodlikka chiqishi rejalashtirilgan.

Aun San Su Chi 2021 yildagi harbiy to‘ntarishdan keyin hibsga olingan edi. Unga korrupsiya, saylovda soxtakorlik va davlat sirlari haqidagi qonunni buzish kabi ayblovlar qo‘yilgan.

Uning dastlabki jazo muddati 33 yil bo‘lgan, 2023 yilda esa 27 yilga tushirilgan. 2024 yildan buyon u salomatligi sababli uy qamog‘ida jazo o‘tamoqda.

Aun San Su Chi barcha ayblovlarni siyosiy sabablar bilan bog‘liq deb hisoblaydi va o‘zini aybsiz deb bilmoqda.

Kiritildi: 20:47 17.04.2026. O'qildi: 349 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!