Bugun 24 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Noaniqliklar va savdo urushlariga qaramasdan, AQSh iqtisodiyoti yuqori sur’atlarda o‘smoqda

Noaniqliklar va savdo urushlariga qaramasdan, AQSh iqtisodiyoti yuqori sur’atlarda o‘smoqda

Uchinchi chorakda AQSh Iqtisodiyoti (kutilmaganda) juda yuqori 4,3 foizga o‘sgan . Bunda, xususiy iste’mol (3,5 foiz) hamda eksportning (8,8 foiz) yuqori o‘sishi YAIM o‘sishini tezlashtiruvchi omillar bo‘lib xizmat qilgan. Bu ikki komponent YAIMning 3,31 foizga o‘sishini ta’minlagan. Shuningdek, davlat xarajatlarining (iste’mol) ham yuqori o‘sishi qayd etilgan. Uchinchi chorakda davlat xarajatlari 2,2 foizga o‘sgan. Taqqoslash uchun davlat xarajatlari birinchi chorakda -1 foizga, ikkinchi chorakda -0,1 foizga qisqargan edi. Investisiyalar esa ketma-ket ikkinchi chorak qisqargan (ikkinchi chorak -13,8 foiz, uchinchi chorak -0,3 foiz).

Ta’kidlash kerakki, mehnat bozorida yangi ish o‘rinlarining pasayishi va ishsizlikning o‘sishi kuzatilmoqda. Xususan, sentyabr oyida ishsizlik iyun oyiga nisbatan 0,3 foizga oshib, 4,4 foizga yetgan. Yaratilgan ish o‘rinlari esa 147 mingdan, 119 mingacha pasaygan (noyabr oyida 64 ming . Markaziy bank mehnat bozoridagi “sovush” fonida asosiy stavkani ikki marta pasaytirishga ulgurdi. Xo‘sh bunday holatda iqtisodiyotning yuqori o‘sishi nimadan dalolat beradi?

Jason Furman bu holatni Mehnat bozori bo‘yicha birlamchi raqamlarning pessimistikligi va keyinchalik to‘g‘rilanishi yoki YAIM bo‘yicha raqamlarning judayam optimistligi va keyinchalik qayta ko‘rib chiqishda pasaytirilishi mumlikligini ta’kidlagan. Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanish darajasining ortishishi samaradorlikni oshirayotgan bo‘lishi mumkin. Ya’ni sun’iy intellekt yordamida kamroq ishchilar bilan oldingi darajadagi ishni qilish mumkin bo‘lmoqda. Bu esa mehnat bozori “soviyotgan” bo‘lishiga qaramasdan, YAIMda nisbatan sog‘lom o‘sishga olib kelishi mumkin.

Ta’kidlash kerakki, hozircha Tramp yaratgan noaniqliklar va savdo urushlari YAIMning sekinlashishida namoyon bo‘layotgani yo‘q. Bu holatga ichki iste’molning kuchli saqlanib qolayotganligi asosiy faktor bo‘layotgan bo‘lsa, dollarning qadrsizlanishi sof eksportning yaxshilanishiga xizmat qilmoqda.

Lekin baribir mehnat bozoridagi sekinlashish yaqin kelajakda YAIMda ham pasayishlarga olib kelsa kerak.

Kiritildi: Bugun 15:55. O'qildi: 239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!