Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Nishonga urilgan gaplar: “Mo‘min odam rizqni ham, shifoni ham haloldan istashi farzdir!”

Nishonga urilgan gaplar: “Mo‘min odam rizqni ham, shifoni ham haloldan istashi farzdir!”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.

Mo‘min odam rizqni ham, shifoni ham haloldan istashi farzdir!

***

Yolg‘iz o‘zing bo‘lsang ham Haq yo‘lda bo‘l!

Botil yo‘lda boshqalarga sherik bo‘lma!

«Tarix muxrlagan so‘zlar»

****

Ba’zi kimsalar shunday deb o‘ylaydi:

“Mashinamning buzilish sababi – ko‘z tekkan;

Ayolimning bemorlikdan boshi chiqmasligining sababi – ko‘z tekkan;

Bolam kasal bo‘lib qolishining sababi – ko‘z tekkan;

Savdoda ziyonga uchrashimning sababi – ko‘z tekkan”.

Ular ma’siyatlarni qilishadi. Birortalarining xayoliga esa “Bu musibatlarning sababi - gunohlardir” degan narsa kelmaydi.

“Ajoyib fikrlar”

***

Bir kishi sherigidan so‘radi: “Nima uchun tong havosi toza, musaffo bo‘ladi?”

Sherigi dedi: “Chunki u munofiqlarning nafaslaridan xolidir”.

“Ajoyib fikrlar”

***

Kishi, agar uxlasa, uni ahli uyg‘otadimi yoki so‘roq qilish uchun ikki farishta uyg‘otadimi, bilmaydi.

***

Kunlar o‘tgani sayin... yaqin bo‘lganlarning barchasi ham sizni yaxshi ko‘ravermasligini;

chiroyli gapirganlarning barchasi ham yurakdan chiqarib, rost gapiravermasligini;

tabassum qilganlarning barchasi ham qalbi toza insonlar emasligini bilib boraverasiz.

*****

***

Insonning yarim go‘zalligi tilidadir. Shunday ekan, so‘zlaringizni chiroyli qilinglar!

Najib Mahfuz

***

Shunday gaplar borki, hech narsa demaydi.

Shunday sukutlar borki, ko‘p narsa deydi.

Najib Mahfuz

***

O‘zlariga taom bergan qo‘lni tishlaydigan kimsalar odatda, ularni tepadigan poyabzalni yalaydilar.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

***

Agar tunning qorong‘uligi bo‘lmaganda, tong otmagan bo‘lardi.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

 

Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi Nozimjon Iminjonov

Kiritildi: 11:15 07.10.2019. O'qildi: 4285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!