Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Nima uchun yodlangan osh tuzi iste’mol qilish zarur?

Nima uchun yodlangan osh tuzi iste’mol qilish zarur?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, dunyo aholisining uchdan bir qismi tabiiy yod tanqis bo‘lgan sharoitda yashaydi. Achinarlisi, ularning 30 foizdan ortig‘i — maktab yoshidagi bolalar.

❓ Xo‘sh, bu masalaga nima uchun global muammo sifatida qaraladi?

➡️ Tibbiyot fanlari nomzodi Feruza Tohirova shu haqda ma’lumot berdi.

💬 — Inson organizmida yod moddasi kamayishi endemik buqoq, aqliy zaiflik, perinatal va chaqaloqlar o‘limining ko‘payishiga olib kelishi mumkin, — deydi mutaxassis.

🩺 — Bundan tashqari, ushbu element tanqisligi tug‘ma kasalliklar darajasini oshiradi, homila va chaqaloqlarda miyaning qaytarilmas shikastlanishi, intellektual salohiyat pasayishiga sabab bo‘ladi.

🔎 Hozir bunday xastaliklar mintaqamizda ham o‘tkir muammoga aylanib bormoqda. Chunki Markaziy Osiyo yod tanqisligi oqibatida kelib chiqadigan patologiyalar keng tarqalgan endemik mintaqalar sirasiga kiradi.

🥦 Aslida, salomatlik uchun zarur miqdordagi yodni turli dengiz mahsulotlari iste’moli orqali olsa bo‘ladi. Biroq hududimizda bunday yeguliklar kam uchraydi.

✅ Bu omil esa mamlakatimizda “Aholi o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishiga asos bo‘ldi. Mazkur hujjatda davlat standarti talablariga muvofiq, osh tuzi tarkibida yod miqdori tonnasiga 40 gramm miqdorda bo‘lishi belgilangan.

📌 Sifatli osh tuzining qadog‘ida ishlab chiqargan tashkilot va mahsulot nomi, tovar belgisi, uning navi hamda yanchilish darajasi, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati, yodlash qo‘shimchasi nomlanishi hamda boshqa qator ma’lumotlar aks etishi kerak.

🌡 Osh tuzlarini 28 darajadan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlash talab etiladi.

❌ Qotib qolgan, nam tortgan, hidlangan, yaroqlilik muddati o‘tgan, qadoqlari buzilgan osh tuzlarining foydali xususiyatlari yo‘qolgan bo‘ladi. Ularni iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi.

📎 Eslatib o‘tamiz, JSST organizmdagi moddalar almashinuvini me’yorlashtirish uchun kunlik yodlangan osh tuzi iste’molini bir choy qoshiq — 5 grammdan oshirmaslikni tavsiya qiladi.

Kiritildi: 23:35 06.07.2025. O'qildi: 480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!