Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Saudiya Arabistoni va Iroq Hindistonga neft yetkazib berishni chekladi

Saudiya Arabistoni va Iroq Hindistonga neft yetkazib berishni chekladi

Saudi Aramco va Iroqning SOMO kompaniyalari Nayara Energy neft zavodiga xom neft yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu qaror Evropa Ittifoqi tomonidan Rossiya bilan aloqalar sababli joriy etilgan sanksiyalar ortidan qabul qilindi.

Nayara — nazorat paketi "Rosneft"ga tegishli bo‘lgan hind kompaniyasi — avvval har oy 3 million barrelcha iroq va saud neftini olib turgan. Ammo avgustda faqat Rossiyadan neft oldi, chunki boshqa davlatlar yetkazib berishni to‘xtatdi.

Kompaniya Vadinahdagi zavod ishini 70–80% gacha kamaytirdi. Sotuv muammolari va transport bilan bog‘liq qiyinchiliklar sabab, "qora flot" — yashirin tankerlardan foydalanmoqda.

AQSh esa Hindistonni Rossiyadan neft olgani uchun tanqid qilmoqda. Prezident Tramp avgustda Hindiston mahsulotlariga 25% boj joriy qildi. Ushbu bojlar kiyim-kechak, toshlar, mebel va poyabzallarga taalluqli.

Kiritildi: 14:42 02.09.2025. O'qildi: 909 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!