«Real» Krishtianu Ronalduning o‘g‘lini o‘z akademiyasiga qabul qilishni rejalashtirmayapti.
Avvalroq 15 yoshli kichik Krishtianu Ronaldu «Real»ning 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat jamoasi bilan mashg‘ulot o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi. Hozirda u «Al-Nasr»ning yoshlar jamoasida to‘p suradi, uning otasi esa Saudiya klubining asosiy jamoasida harakat qilmoqda.
COPE nashrining ma’lumotiga ko‘ra, «Real» kichik Krishtianuni keyinchalik shartnoma imzolash uchun ko‘rikdan o‘tkazayotgani yo‘q. Unga Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli «Al-Nasr» akademiyasida shug‘ullanish imkoni bo‘lmagan vaqtda, jismoniy holatini saqlab turishi uchun akademiyadagi tengqurlari bilan mashg‘ulot o‘tkazishga ruxsat berilgan. Hozirda Krishtianu Ronalduning oilasi Madridda bo‘lib turibdi.
Katta Ronaldu 2009 yildan 2018 yilgacha «Real»da o‘ynagan. Ispaniya klubi tarkibida u barcha turnirlarda 438 ta o‘yin o‘tkazib, 450 ta gol urgan.