Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Nil daryosining suvi boshqa daryolarga qaraganda tozaroqligi ma’lum bo‘ldi

Nil daryosining suvi boshqa daryolarga qaraganda tozaroqligi ma’lum bo‘ldi

Olimlar Nil daryosining suvi boshqa daryolarga qaraganda tozaroq ekanligini aniqlashdi. Bu haqda RIA Novostiga Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti ma’lum qildi.

Rossiya va misrlik yadro olimlar hamkorligida olib borilgan qo‘shma tajriba natijalari Nil daryosining suvi boshqa daryolarga qaraganda tozaroq ekanligini ko‘rsatdi.

Bir guruh olimlar Nil vodiysidagi yer usti cho‘kindilari va daryo qirg‘oqlaridagi tuproqlarning tarkibini tekshirishdi. Buning uchun neytron faollashuvi tahlili deb ataluvchi usuldan foydalanildi.

Tadqiqot jarayonida namunalardagi kimyoviy elementlarning kelib chiqishi va ularning to‘planish darajasi aniqlandi. Bu esa daryoning ekologik holati to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini berdi.

Tadqiqotning dastlabki bosqichida namunalar Misr janubidan Asuan to‘g‘onigacha va Qohiradan Iskandariyagacha, shu jumladan, daryo deltasigacha to‘plandi.

Tadqiqot Misrning butun hududini - janubdan shimolgacha qamrab oldi.

Misr namunalarida jami 32 ta kimyoviy element aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning konsentrasiyasi boshqa mamlakatlarga qaraganda pastroq, ya’ni Nil boshqa suv havzalariga qaraganda tozaroq.

Ammo nisbatan kuchli ifloslangan joylar ham bor, masalan, daryoning quyilish joyi va Xeluan shahri hududlari.

Olimlar Misrda tadqiqotni kengaytirishni va daryo deltasidagi lagunalar va ko‘llardan olingan namunalarni bir xil tahlil qilishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Nil - Afrika qit’asidagi eng katta toza ichimlik suvi manbai, ammo bu daryoning ekologik holati haqidagi savol uzoq vaqtdan beri javobsiz qolmoqda.

Kiritildi: 12:45 19.01.2023. O'qildi: 1774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!