Nikoh shartnomasi tuzgan juftliklarni nikohni qayd etganlik uchun davlat bojidan ozod qilish taklif etilmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonovaga ko‘ra, bu nikoh shartnomasi tuzishni rag‘batlantirish maqsadida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
2026 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 92,3 mingta nikoh qayd etilgan. 2025 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 95,3 mingta, 2024 yilda esa 97,4 mingtani tashkil etgan.
Yangi tartib hozircha taklif va qonun loyihasi darajasida.