Nashrning xabar berishicha, portlash Nigeriya shimoli-sharqidagi Mayduguri shahrida joylashgan masjidda sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash 24 dekabr kuni taxminan soat 18:00 da Gamboru bozori hududidagi odamlar bilan to‘la masjid ichida, shom namozi oldidan sodir bo‘lgan.
Polisiya matbuot kotibi Nahum Daso portlash faktini tasdiqlab, voqea joyida bombani zararsizlantirish bo‘yicha mutaxassislar ishlayotganini bildirgan. Ayrim guvohlar hujumni o‘z xudkush terrorchi amalga oshirganini aytmoqda. Jarohatlanganlar soni hozircha aniq emas, biroq u bir necha o‘n kishiga yetishi mumkin.
Mahalliy polisiya rahbari Babakura Koloning aytishicha, hodisa terrorchilik hujumi sifatida baholanmoqda, biroq hozircha hech bir qurolli guruh mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmagan.
Mayduguri shahri Borno shtati markazi bo‘lib, u uzoq yillardan beri “Boko Haram” va “G‘arbiy Afrikadagi Islomiy davlat” terrorchilik guruhlari bilan to‘qnashuvlar markazi hisoblanadi. Shunga qaramay, shahar so‘nggi yillarda yirik hujumlarga duch kelmagan edi.