Bugun 25 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh harbiylari Santa Klaus Rossiya uzra uchib o‘tganini ma’lum qildi

AQSh harbiylari Santa Klaus Rossiya uzra uchib o‘tganini ma’lum qildi

Santa Klausning chanasi va bug‘ulari Rossiya hududi, jumladan, Moskva ustidan uchib o‘tdi. Bu haqda Shimoliy Amerika aerokosmik mudofaa qo‘mondonligi (NORAD) ma’lum qildi.

Tashkilot radarlari Chukotka, Sibir va Uzoq Sharq, Ural va Volga bo‘yidagi shaharlarda chana ko‘rinishini aniqladi. Moskva vaqti bilan soat 12:10 holatiga ko‘ra, Santa Klaus Hindiston, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Afrika va Yaqin Sharq ustidan uchib o‘tib, 3,6 milliarddan ortiq sovg‘a tarqatgan.

NORAD qishki sehrgarning Rojdestvo arafasida (Grigorian taqvimi bo‘yicha 25 dekabr) harakatlarini 68 yildan beri kuzatib keladi. Qo‘mondonlik har yili 24 dekabr kuni o‘zining rasmiy saytida Santa Klausning marshruti haqidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi.

Bir kun avval AQSh Immigrasiya va bojxona xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Santa Klaus migrantlarni hibsga olgani aks etgan videoni joylashtirdi.

Kiritildi: Bugun 10:40. O'qildi: 1039 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!