Bugun 25 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya nefti eksporti so‘nggi 2 yildagi eng yuqori darajaga chiqdi

Rossiya nefti eksporti so‘nggi 2 yildagi eng yuqori darajaga chiqdi

Bloomberg agentligi ma’lumotiga ko‘ra, tankerlardan neft tushirishdagi kechikishlar sabab yetkazib berilayotgan neft zaxiralari to‘g‘ridan-to‘g‘ri kemalarning o‘zida to‘planmoqda.

Xususan, 21 dekabr holatiga, so‘nggi to‘rt haftadagi o‘rtacha kunlik eksport hajmi 3,87 mln barrelni tashkil etib, 2023 yil may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqqan.

Shuningdek, yo‘lda bo‘lgan tankerlar bortidagi neft hajmi avgust oxiridan beri 48 foizga oshib, 185 mln barrelga yetgan. Agentlik xabariga ko‘ra, Rossiya nefti ortilgan kamida yigirmadan ortiq tanker Xitoy va Hindiston portlariga kirish uchun ruxsat kutmoqda.

Kiritildi: 21:25 24.12.2025. O'qildi: 484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!