Bugun 25 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Namanganda 7 yashar qarindoshini zo‘rlagan pedofilga hukm o‘qildi

A A A
Namanganda 7 yashar qarindoshini zo‘rlagan pedofilga hukm o‘qildi

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman sudida B. S.ga (1987 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanib, xavfli residivist deb topilgan) oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq B. S. voyaga yetmagan I. K. (qiz bola, 2018 yilda tug‘ilgan)ga nisbatan Jinoyat kodeksining 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi, 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi va 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 34-moddasi (residiv jinoyat) 3-qismi “a” bandiga asosan B. S. o‘ta xavfli residivist deb topildi.

B. S. tayinlangan jazo muddatining dastlabki 3 yilini turmada, jazoning qolgan muddatini maxsus tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Namangan viloyat sudining apellyasiya/kassasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi.

Kiritildi: 20:34 24.12.2025. O'qildi: 614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!