Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joriy yilning 23 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
2024 yil 5 avgust kuni qabul qilingan Qonun fuqarolarning yillar davomida hal bo‘lmay kelgan uy-joy va yerga doir muammolariga yechim bo‘ldi.
Biroq, Qonun amaliyotida aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihaga ko‘ra, eng muhim yangiliklardan biri — 1 ta ob’ekt bo‘yicha yakuniy xulosa berish muddati 150 kundan 50 kunga qisqartirilmoqda.
🔵 Vakolatli tashkilotlar — 20 kun
🔵 Jamoatchilik muhokamasi — 10 kun
🔵 Adliya organlari — 20 ish kuni
Bu o‘zgarish Qonunning 2028 yil 1 yanvargacha amal qilishini inobatga olgan holda qabul qilinmoqda.
Shuningdek, amaliyotda huquqni e’tirof etishga to‘sqinlik qilayotgan eng katta muammolardan biri — soliq va to‘lov masalasi edi.
Hozirda 243 mingdan ortiq ob’ektda soliq qarzi bor hamda ular Qonun doirasida hal bo‘lmay qolmoqda.
Shu sababli quyidagi takliflar ilgari surildi:
🔵 coliq qarzi BHMning 30 baravaridan oshmasa (12,3 mln so‘m) — huquq e’tirof etilishi mumkin;
🔵 1 martalik to‘lov 20 ish kunida amalga oshirilsa — 50% chegirma;
🔵 to‘lovni 1 yildan 3 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati.