Nigeriya markazidagi toshqinlar oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Daily Nigerian gazetasi Niger davlat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tayanib xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Mokva viloyatida uzoq davom etgan kuchli yomg‘ir suv toshqinlariga sabab bo‘lgan. Natijada 50 ta uy aholisi bilan birga suv ostida qolgan.
Xizmat rahbari Ibrohim Husayniyning aytishicha, hodisa oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi bedarak yo‘qolgan. Unga ko‘ra, 3 kishi qutqarib qolingan. Ularga Mokva shahridagi markaziy mehmonxonada tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Suv bosgan hududda qidiruv-qutqaruv ishlari boshlandi.