Nigeriya polisiyasi vakili Vasiu Abiodunning ma’lum qilishicha, zo‘ravonlik harakatlari Niger shtatining Rafi mahalliy hokimligiga qarashli Tegina tumanida qurollangan shaxslar fulani qabilasi vakilini o‘ldirishi ortidan boshlangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ertasi kuni ushbu hujumga javob sifatida bir guruh shaxslar kamuku qabilasi a’zolariga hujum qilgan.
Mahalliy parlament a’zosi Muhammad Adamu Kaboning ta’kidlashicha, mojaro boshqa deputatlar saylov okruglarida aholiga pul tarqatganidan keyin boshlangan.
Mahalliy aholi qurbonlar soni 56 nafarni tashkil etganini, yuzlab odamlar o‘z uylarini tark etganini aytmoqda.
Ma’lumot uchun, Nigeriyaning markaziy va shimoliy hududlarida dehqonlar hamda chorvadorlar o‘rtasida yaylovlar, yerdan foydalanish va boshqa resurslardan foydalanish bo‘yicha kelishmovchiliklar tez-tez qonli to‘qnashuvlarga sabab bo‘ladi.