Nigeriya shimoli-sharqida avtobus minaga borib urilgani oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 21 kishi jarohat oldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Mayduguri-Damboa trassasida (Borno shtati) sodir bo‘lgan.
Portlovchi qurilma “Boko Haram” ekstremistik guruhi terrorchilari tomonidan yo‘lga o‘rnatilgani taxmin qilinmoqda. Avtobus harbiy xizmatchilar himoyasi ostida shaxsiy va tijorat avtomobillari karvoni tarkibida harakatlanayotgan edi.
Portlash sodir bo‘lgan tuman rahbari Lovan Maynaning aytishicha, yaradorlar Mayduguri shahridagi shifoxonaga yetkazilgan.