Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Nigeriya BRIKS hamkoriga aylandi

Nigeriya BRIKS hamkoriga aylandi

BRIKSga raislik qilayotgan Braziliya Tashqi ishlar vazirligi Nigeriyani assosiasiyaga hamkor davlat sifatida qo‘shilganini e’lon qildi.

Bu haqda TIV matbuot xizmati xabarida aytilgan.

"Braziliya hukumati bugun, 2025 yilning 17 yanvarida Nigeriya (BRIKS) hamjamiyatining hamkor-davlati sifatida rasman qo‘shilganini e’lon qiladi", — deyiladi bayonotda.

Braziliya rasmiylari BRIKS va Nigeriya umumiy manfaatlarga ega ekanligini ta’kidladilar, chunki Afrika respublikasi, xuddi assosiasiya singari, global janubdagi mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga faol yordam beradi va xalqaro tashkilotlarni isloh qilish tarafdori.

Braziliya 1 yanvardan BRIKSga raislikni qabul qildi. 2024 yilda Rossiya assosiasiyaga raislik qildi; uning raisligidagi asosiy voqea 22-24 oktyabr kunlari Qozonda bo‘lib o‘tgan sammit bo‘lib, unda hamkor davlatlar toifasini yaratish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Kiritildi: 10:29 18.01.2025. O'qildi: 682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!