Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Niderlandiyalik yulduz JChni o‘tkazib yuboradi. Uning uchun 2026 yilgi mavsum tugadi

Niderlandiyalik yulduz JChni o‘tkazib yuboradi. Uning uchun 2026 yilgi mavsum tugadi

«Tottenxem» yarim himoyachisi Xavi Simons Premyer-liga doirasida «Vulverxempton»ga qarshi kechgan so‘nggi o‘yinda og‘ir jarohat oldi. Niderlandiyalik futbolchi uchrashuvning 63-daqiqasida zaxiraga olingan edi.

Jurnalist Fabrisio Romano xabar berishicha, eng yomon shubhalar o‘z tasdig‘ini topdi: 23 yoshli futbolchida oldingi xochsimon bog‘lamlari uzilishi aniqlandi. U endi faqat 2027 yilda safga qayta oladi.

Xavi Simons o‘tgan yilning yozida Germaniyaning «RB Leypsig» klubidan «shporlar» safiga kelib qo‘shilgan edi. Angliyadagi debyut mavsumida u «Tottenxem» uchun 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Vulverxempton» bilan bahsda Roberto de Dzerbi jamoasi so‘nggi daqiqalarda kiritilgan gol evaziga g‘alabani ilib ketdi (1:0).

Kiritildi: Bugun 10:40. O'qildi: 534 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!