Niderlandiya hukumati xalqaro dron yetkazib berish tashabbusi doirasida Ukraina uchun qo‘shimcha 250 million yevro ajratadi.
Bu haqda «RIA Novosti» Niderlandiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
Vazirlikka ko‘ra, ushbu mablag‘ Ukrainaga uchuvchisiz uchish apparatlarini yetkazib berishga yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, Niderlandiya Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlari uchun o‘q-dorilar ham yetkazib beradi.