Niderlandiya vazirlar mahkamasi Isroilning milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir va moliya vaziri Besalel Smotrichni persona non grata deb e’lon qildi — ularning mamlakatga kirishi taqiqlandi.
Qirollik hukumati G‘azo sektoridagi hozirgi vaziyatni «chidab bo‘lmas va asossiz» deb baholagan va bunday qarorni Smotrich hamda Ben-Gvirning palestin xalqiga nisbatan zo‘ravonlikka da’vatlari, noqonuniy muqim joylar (posyolkalar)ni kengaytirishni qo‘llab-quvvatlashi va etnik tozalash chaqiriqlari bilan izohladi.
Shuningdek, Niderlandiya Tashqi ishlar vazirligi Isroil elchisini chaqirib, G‘azoga nisbatan siyosiy kursni o‘zgartirishni talab qiladi va Isroilni xalqaro gumanitar huquq me’yorlariga rioya etish kerakligini eslatadi.