Bugun 24 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Niderlandiya armiya sonini 200 ming kishigacha oshirishni rejalashtirmoqda

Niderlandiya armiya sonini 200 ming kishigacha oshirishni rejalashtirmoqda

Niderlandiya zaxira imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratgan holda o‘z armiyasi sonini 74 mingdan 200 ming kishigacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Niderlandiyaning NOS jamoat telekompaniyasiga tayanib, Reuters xabar berdi.

Biroq, NOS ushbu maqsadga erishish muddatlariga aniqlik kiritmadi.

Niderlandiya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda mamlakat armiyasi 42 305 nafar professional askar, 24 212 nafar kadrli harbiy xizmatchi va 7 483 nafar zaxiradagilardan iborat.

Kiritildi: 18:07 21.03.2025. O'qildi: 601 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!