Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Neymarning keyingi klubi nomi ma’lum bo‘ldi

Neymarning keyingi klubi nomi ma’lum bo‘ldi

O‘tgan yozda Neymar klubini o‘zgartirgan edi. "PSJ"dagi olti mavsumdan so‘ng yulduz braziliyalik Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tdi va u yerda "Al-Hilol" bilan shartnoma imzoladi.

Jurnalist Ademir Kintinoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, Neymar Saudiya klubida ko‘p yil o‘tkazishni rejalashtirmayapti. Forvardning rejasi 2025 yilda Jahon chempionatidan bir yil oldin "Santos"ga qaytadi.

Qayd etilishicha, Neymar allaqachon "Santos" bilan ehtimoliy qaytish haqida gaplashgan.

Eslatib o‘tamiz, Neymar 2013 yilning yozida "Santos"dan "Barselona"ga o‘tgan edi.

Kiritildi: 21:23 25.09.2023. O'qildi: 3798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!