Neymar «Al-Hilol» klubi bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilishni xohlamoqda, ammo klubdan 65 million dollar olishni ham talab qilmoqda.
Globo xabar qilishicha, Neymar «Santos» klubiga ijara asosida emas, to‘liq ravishda o‘tishni xohlamoqda va shu munosabat bilan Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi bilan shartnomasini bekor qilishni maqsad qilgan.
Biroq, braziliyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi yarim yildan keyin tugaydi — aynan shu muddatga uni «Santos»ga ijaraga berish rejalashtirilgan edi. Lekin, agar shartnoma muddatidan avval bekor qilinsa ham, Neymar shu davr uchun belgilangan maoshi — 65 million dollarni olishni talab qilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, shartnoma muddatidan avval bekor qilinganda ushbu 65 million dollar bir necha oyga bo‘lib to‘lanishi mumkin. «Santos» vaziyatni kuzatmoqda va Neymarning shu oy oxirigacha Braziliyaga qaytishini kutmoqda.