Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Neymar A Seriya grandiga o‘tishi mumkin

Neymar A Seriya grandiga o‘tishi mumkin

"Santos" sharafini himoya qilayotgan braziliyalik hujumchi Neymar faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Yuventus" rahbariyati Neymarni o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Turinliklar futbolchi faoliyatini Italiyada qayta boshlashi mumkin, deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, transfer italiyaliklarga qimmatga tushmasligi kerak.

Mish-mishlarga ko‘ra, ushbu transfer oynasida braziliyalik futbolchiga Fransiyaning "Marsel" klubi ham qiziqish bildirgan.

Neymar Yevropada "Barselona" va "PSJ"dagi o‘yinlari bilan tanilgan.

Kiritildi: 23:50 04.08.2025. O'qildi: 1208 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!