Bugun 10 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Netanyaxuning saylov kampaniyasida 1600 dan ortiq soxta akkauntdan foydalanilganmi?

Netanyaxuning saylov kampaniyasida 1600 dan ortiq soxta akkauntdan foydalanilganmi?

Netanyaxuning saylov kampaniyasida 1600 dan ortiq soxta akkauntdan foydalanilgani aytilmoqda. Bu haqda Haaretz nashri xabar berdi.

Haaretz nashrining Expose kompaniyasi o‘tkazgan tekshiruvga tayanib xabar berishicha, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning saylovoldi kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash uchun X ijtimoiy tarmog‘ida 1653 ta soxta akkauntdan iborat muvofiqlashtirilgan tarmoq faoliyat yuritgan.

Tahlilchilar aniqlashicha, ularning qariyb 1600 tasi dastlab Eronning sobiq shohi o‘g‘li Reza Pahlaviyni targ‘ib qilish uchun ishlatilgan, keyinchalik esa Netanyaxu va uning «Likud» partiyasini qo‘llab-quvvatlashga o‘tgan.

Kiritildi: Bugun 13:15. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik