Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan G‘azo aholisining "ixtiyoriy imigrasiya" rejasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda The Times of Israel nashri xabar bermoqda.
Uning manbasiga ko‘ra, Netanyaxu keyingi haftaga rejalashtirilgan Budapeshtga tashrifi chog‘ida Orban bilan ushbu mavzuni muhokama qilmoqchi.
Gazetaning qayd etishicha, Isroil bosh vaziri bu masalada vengriyalik hamkasbining qo‘llab-quvvatlashiga umid qilmoqda.
"Netanyaxu AQSh prezidenti Donald Trampning G‘azo bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatlash uchun imkon qadar ko‘proq davlatlardan iborat koalisiya tuzishga harakat qilmoqda”, — ta’kidladi nashr manbasi.
Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Netanyaxu hukumatning haftalik yig‘ilishida Isroil Trampning G‘azodan falastinliklarni ko‘chirish g‘oyasiga sodiq ekanini yana bir bor ta’kidlagan edi. U bu qarorni Isroil tomoni anklavdagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralar uchun qo‘yayotgan shartlar qatoriga qo‘ydi. Boshqa shartlar qatorida u Falastinning Hamas radikal harakatining G‘azodagi qudratini yo‘q qilish va uning rahbarlariga anklavni tark etishiga ruxsat berilishini ta’kidladi.