Bugun 24 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Netanyaxu Misrning Sinaydagi harbiy faoliyatidan xavotirda

Netanyaxu Misrning Sinaydagi harbiy faoliyatidan xavotirda

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatidan Misrga bosim o‘tkazishni so‘radi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Misr Sinay yarimorolida harbiy kuchlarini oshirmoqda va bu holat Isroil bilan Misr o‘rtasidagi munosabatlarda yangi taranglikni keltirib chiqardi.

Maxsus xabarlarda qayd etilishicha, Isroil Misr tomonidan amalga oshirilayotgan harbiy harakatlarni 1979 yilda imzolangan Kemp-Devid kelishuvlarining xavfsizlikka oid qismiga jiddiy xiloflik sifatida baholamoqda. Bu kelishuvga ko‘ra, Sinay harbiylashtirilishi mumkin emas.

Isroil rasmiylarining ma’lum qilishicha, Misr Sinayda faol ravishda harbiy infratuzilmalarni barpo etmoqda. Xususan, ayrim harbiy bazalarda uchish-qo‘nish yo‘laklari uzaytirilgan va ularda harbiy samolyotlar faoliyat olib borishi mumkin. Shuningdek, qator yer osti inshootlari qurilmoqda, Isroil razvedkasi bu inshootlar raketalarni saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Isroil avval bu masala bo‘yicha Misr bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borgan, ammo kutilgan natijaga erishilmagan. Shu bois, Isroil hozir AQSh ma’muriyati orqali bosim o‘tkazishga harakat qilmoqda.

Kiritildi: 09:06 21.09.2025. O'qildi: 942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!