Bugun 27 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Netanyaxu Isroil va Hizbulloh o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatishni ma’qullamoqchi

 Netanyaxu Isroil va Hizbulloh o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatishni ma’qullamoqchi

Yaqin Sharqda bir yildan ortiq davom etgan urushdan so‘ng, Isroil va Hizbulloh o‘rtasida yaqin orada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzolanishiga ishoralar kuchaymoqda.

Isroilning yuqori martabali mulozimiga tayanib, bir kun oldin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Hizbulloh bilan 60 kunlik otashkesimni tasdiqlash uchun xavfsizlik kabinetini yig‘adi, deb xabar beradi Times of Israel gazetasi.

Deutsche Presse-Agentur hukumatdagi manbalardan ma’lum bo‘lishicha, vazirlar mahkamasi AQSh vositachiligidagi kelishuvni ma’qullashi mumkin. Livan hukumatining Bayrutdagi manbalari ham kutilayotgan kelishuv haqida optimizm bildirdi.

«Biz o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga yaqinmiz, yaxshi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ammo u hali yakunlangani yo‘q», — dedi AQSh Milliy xavfsizlik kengashining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktori Jon Kirbi taklif qilinayotgan kelishuv tafsilotlariga aniqlik kiritmasdan.


Kiritildi: 23:30 26.11.2024. O'qildi: 182 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!