Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

«Netanyaxu falastinliklarni qirib tashlamoqda»

A A A
«Netanyaxu falastinliklarni qirib tashlamoqda»

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini keskin qoraladi. Bayonotda aytilishicha, Xon Yunus shahrida «xavfsiz hudud» sifatida belgilangan al-Mavasi shahrida falastinliklarga qilingan hujum «Netanyaxu hukumatining falastinliklarni butunlay qirib tashlashga qaratilgan harakatlaridagi navbatdagi qadam»dir.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha: «Hamasning o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi ijobiy javobiga Isroil yana bir bor qon to‘kishni tanlagani ham Netanyaxu hukumatining doimiy o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni oldini olishga harakat qilayotganining isbotidir».

❕ Turkiya Tashqi ishlar vazirligi xalqaro hamjamiyatni qat’iy choralar ko‘rishga chaqiradi: “Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar nihoyat bu vahshiylikka «to‘xta» deyishlari kerak”.

Kiritildi: 19:17 13.07.2024. O'qildi: 1170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!