Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu o‘z mamlakati o‘zini himoya qilish huquqini to‘liq saqlab qolishini va Livan "Hizbulloh" harakatining har qanday tahdidlariga qattiq javob berishga tayyorligini ma’lum qildi.
Netanyaxu bu bayonotni davlat televideniyesida efirga uzatilgan nutqida aytdi.
U Eron va u qo‘llab-quvvatlayotgan Hizbulloh guruhi zaiflashganini va Isroil hududiga hujumlar to‘xtaganini aytdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, agar Eron va "Hizbulloh" Isroilga hujumlarni qayta boshlasa, hukumat qat’iy javob qaytaradi va o‘zini himoya qilish huquqidan foydalanadi.
Isroil bosh vaziri shuningdek, Eron va "Hizbulloh"ga qarshi kurash hali tugamaganligini ta’kidladi.