Al-Jazeera: Isroil bosh vaziri bu haqda G‘arbiy qirg‘oqning shimoliy qismidagi Tulkaremdan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan videoda ma’lum qildi.
Tel-Aviv yaqinidagi avtobuslarda sodir bo‘lgan bir qator portlashlardan so‘ng, Netanyaxu hukumati tajovuzni kuchaytirdi.
"Bundan tashqari, men terrorchilik markazlariga qarshi qo‘shimcha operativ choralar ko‘rishni buyurdim," dedi u.
Isroil rahbari qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi bir yil ichida Isroil kuchlari G‘arbiy qirg‘oqdagi faoliyatini "sezilarli darajada kuchaytirgan."
Ilgari xabar berganimizdek, G‘azodagi urush fonida G‘arbiy qirg‘oqdagi falastinliklar Isroil harbiylari va ko‘chmanchilarning zo‘ravonligi kuchayishiga duch kelmoqda.