Netanyaxu BMTdan tinchlikparvar kuchlarni Livandagi jangovar hududdan olib chiqishni talab qildi. “Buni hoziroq, zudlik bilan qilish kerak”, dedi Isroil Bosh vaziri.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga murojaat qilib, BMTning Livandagi Muvaqqat kuchlari (UNIFIL) tinchlikparvar kuchlarini Livan-Isroil chegarasi hududidagi jangovar hududdan zudlik bilan olib chiqishni talab qildi.
«Janob Bosh kotib, UNIFIL kuchlarini hujumdan tortib oling. Buni hoziroq, kechiktirmasdan qilish kerak», dedi Netanyaxu Bosh vazirlik idorasi tomonidan tarqatilgan videomurojaatda.
Uning versiyasiga ko‘ra, BMT tinchlikparvar kuchlari o‘z pozisiyalarida qolib, Isroil qo‘shinlarining harakatlari unga qarshi qaratilgan «Hizbulloh» shia tashkiloti qurolli bo‘linmalarining «garoviga aylanadi».