Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Netanyahu nihoyat tan oldi...

Netanyahu nihoyat tan oldi...

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livanda peyjerlar portlashidan salkam ikki oy o‘tib, yahudiy davlati ushbu amaliyotga aloqadorligini tan oldi, deb xabar berdi The Times of Israel nashri.

«Peyjerlar va [«Hizbulloh» yetakchisi Hasan] Nasrullohni yo‘q qilish amaliyotlari mudofaa idorasidagi yuqori martabali amaldorlar va siyosiy tizimdagi mas’ul shaxslarning e’tiroziga qaramay o‘tkazildi», – degan Netanyahu hukumatning yakshanba kungi yig‘ilishida.

Bu amaliyotga e’tiroz bildirganlardan biri yaqinda ishdan bo‘shatilgan mudofaa vaziri Yoav Galant ekani aytilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, joriy yil 17, 18 sentyabr kunlari Livanda peyjerlar hamda boshqa elektron qurilmalarning ommaviy ravishda portlashi ro‘y bergan.

Buning oqibatida 40 dan ziyod kishi halok bo‘lgan, 4000 ga yaqin kishi jarohatlangan.

O‘shandayoq The New York Times nashri Amerika rasmiylariga tayangan holda peyjerlar operasiyasi Isroil tomonidan uyushtirilgani haqida yozgandi.

Reuters agentligi Isroil razvedkasi «Hizbulloh» tomonidan buyurtma qilingan va Tayvanda ishlab chiqarilgan peyjerlar ichiga portlovchi moddalarni joylashtirib chiqqanini yozgan.

Yaqin Sharqdagi hodisalarni yoritishga ixtisoslashgan «Al Monitor» nashri ham peyjerlar portlashi Isroil maxsus xizmati – «Mossad» tomonidan amalga oshirilgani haqida xabar bergandi.

«Al Monitor» Yaqin Sharqdagi razvedka xizmatlariga tayanib yozishicha, Isroil maxsus xizmati «Hizbulloh» harakati Tayvan shirkatidan sotib olgan peyjerlarni mahsulot buyurtmachiga yetib borgunga qadar bo‘lgan jarayonda minalashtirishga muvaffaq bo‘lgan.

Isroil, aslida, peyjerlarni «Hizbulloh» harakati bilan to‘laqonli urush boshlangan paytida raqibni sarosima va qo‘rquvga solish maqsadida ommaviy ravishda portlatishni rejalashtirgan edi. Bu orada «Hizbulloh» harakatining ikki a’zosi peyjerlardagi shubhali holatlarni sezib qolgan va bu haqda o‘z rahbariyatiga ma’lum qilmoqchi bo‘lgan. Bundan xabar topgan Isroil ayg‘oqchilik xizmati oshig‘ich ravishda peyjerlarni portlatgan.

Jahon matbuoti peyjerlar portlashi ortida Isroil turganini yozgan bo‘lsa ham yahudiy davlati rasmiylari buni tan olmay kelayotgandi. Xususan, Isroil prezidenti Isxak Hersog Tel-Avivning Livanda minglab odamlar jarohatlangan peyjerlar va boshqa radioaloqa vositalari portlashiga aloqadorligini inkor etgandi.

Kiritildi: 00:51 12.11.2024. O'qildi: 2887 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!