Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu general-mayor Devid Zinini Isroilning SHABAK xavfsizlik xizmati rahbari etib tayinladi.
Zinining tayinlanganligi haqidagi bayonot mamlakat Oliy sudi Netanyahu SHABAKning amaldagi rahbari Ronen Barni “noqonuniy” va “noto‘g‘ri” ravishda ishdan bo‘shatganini e’lon qilganidan so‘ng bildirildi.
Jurnalist Marianna Belenkayaning qayd etishicha, Zinining SHABAK rahbari etib tayinlangani to‘gvrisidagi qaror katta ehtimol bilan Oliy sud tomonidan bekor qilinadi.