Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Netanyahu G‘azoning 70 foizini qo‘lga qo‘lga olish Isroil uchun ustuvor vazifa ekanini aytdi

Netanyahu G‘azoning 70 foizini qo‘lga qo‘lga olish Isroil uchun ustuvor vazifa ekanini aytdi

Isroil bosh vazirining boshqa bayonotlari:

◾️ G‘azo sektorida HAMASga har tomondan zarba beryapmiz. Hozirda biz sektor hududining 60 foizidan ortig‘ini nazorat qilyapmiz, yaqin orada bu ko‘rsatkichni 70 foiziga yetkazamiz;

◾️ Biz ularning qayta qurollanishiga ham, bizga zarar yetkazishiga ham yo‘l qo‘ymayapmiz, shuningdek, ularning yuqori martabali qo‘mondonlarini yo‘q qilyapmiz;

◾️ Livandagi kuchlarimiz o‘tgan haftaning o‘zida 350 nafar terrorchini yo‘q qildi;

◾️ Isroil armiyasi Livandagi Bofort qal’asini qo‘lga kiritdi va u yerda ulkan yerosti infratuzilmasini aniqladi;

◾️ Biz chegaramizga tutashgan terrorchilar qishloqlarini vayron qilishda davom etyapmiz va ularga juda qattiq zarba beryapmiz. “Hizbulloh” qochib ketayotganini bilamiz;

◾️ Biz hududimiz o‘qqa tutilishiga yo‘l qo‘ymaymiz va shunga muvofiq harakat qilamiz.

Kiritildi: Bugun 07:05. O'qildi: 284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!