Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu G‘azoda HAMAS yetakchisi Muhammad Sinvar yo‘q qilinganini e’lon qildi.
May oyi o‘rtalarida ommaviy axborot vositalari Isroil harbiylari HAMAS yetakchisi Muhammad Sinvarni yo‘q qilish uchun G‘azo sektoriga kuchli zarbalar bergani haqida xabar bergandi.
Muhammad Sinvar 2024 yil oktyabr oyida akasi Yahyo Sinvarning vafotidan so‘ng HAMASga rahbarlik qilib kelayotgan edi.