"Mening birodarlarim, Isroil fuqarosi bo‘lgan druzlar, Suriyaning janubi-g‘arbiy qismidagi As-Suvayda shahridagi vaziyat nihoyatda jiddiy. SAXAL tegishli choralar ko‘rmoda, harbiy-havo kuchlarimiz harakat qilmoqda, boshqa kuchlar ham ish olib bormoqda. Biz sizning druz birodarlaringizni qutqarish va rejim to‘dalarini yo‘q qilish uchun harakat qilyapmiz", — dedi Isroil bosh vaziri o‘z murojaatida.
"Sizlar — Isroil fuqarosisiz. Suriya bilan chegarani kesib o‘tmang. Siz hayotingizni xavf ostiga qo‘yasiz. U yerda sizni o‘ldirishlari, garovga olishlari mumkin, shuningdek, siz SAXALning harakatlariga xalal berasiz. Shuning uchun sizdan iltimos qilaman — uyga qayting, SAXALga harakat qilishga imkon bering", — deya qo‘shimcha qildi Netanyahu.
Avvalroq internetda ko‘plab isroillik druzlar chegarani kesib o‘tib, Suriyadagi druzlarga yordamga ketayotgani aks etgan lavhalar tarqalgan edi.