Bugun 12 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Nestle Qirg‘izistondan ham bolalar ovqatining ayrim partiyalarini qaytarib oldi

Nestle Qirg‘izistondan ham  bolalar ovqatining ayrim partiyalarini qaytarib oldi

“Nestle Rossiya” xom ashyo tarkibida toksinlar bo‘lishi xavfi tufayli Qirg‘izistondagi chakana savdo tarmog‘idan bolalar ovqatining ayrim partiyalarini ixtiyoriy ravishda qaytarib olishga qaror qildi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Kasalliklarning oldini olish va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti ma’lum qildi.

Nestle bolalar oziq-ovqat mahsulotlarining rasmiy distribyutori «Forester» MCHJ ma’lumotlariga ko‘ra, qaytarib olish ma’lum sanalarda ishlab chiqarilgan NAN 1 OPTIPRO, NAN OPTIPRO 2, NAN EXPERTPRO, NAN 2 Optipro, PRENAN, NAN LACTOSE FREE savdo brendlari ostida ishlab chiqarilgan quruq tez tayyorlanadigan sut, fermentlangan sut va laktozasiz aralashmalarga tegishli.

Ushbu mahsulotlarni chaqirib olish xom ashyo tarkibida sereulid toksini (araxidon kislotasi) bo‘lishi mumkinligi sababli ehtiyot chorasi sifatida amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 23:07 08.01.2026. O'qildi: 1531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!