Shveysariyaning Nestle konserni Rossiyadagi biznes faoliyatini butunlay to‘xtatmoqchi emas. Bunday qaror kompaniya qadriyatlariga zid emas, deb yozadi RIA Novosti kompaniya rahbariyatining ikki vakilining so‘zlariga tayanib.
2022 yil mart oyida Nestle rahbariyati o‘z mahsulotlarini Rossiyadan eksport qilishni va Rossiya Federasiyasiga import qilishni to‘xtatishga qaror qildi. Biroq, mahsulotlarning "ijtimoiy ahamiyatga ega" toifalari, shuningdek, MDH mamlakatlariga eksport qilish ushbu cheklovdan istisno bo‘ldi.
"Biz Rossiyadagi barcha faoliyatni qisqartirishni rejalashtirmaymiz", dedi kompaniyaning bosh moliyaviy direktori Fransua-Ksavye Rojer.
Konsern rahbari Mark Shnayderning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bozoriga bir qator mahsulot toifalarini yetkazib berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror kompaniyaning asosiy ustuvor yo‘nalishlariga "qarshi kelmadi".
«O‘tgan mart oyida e’lon qilgan narsamiz bizning qadriyatlarimiz va oziq-ovqat muhimligi bilan mos keladi, xuddi dori vositalari kabi, sanksiyalarga duchor bo‘lmaydi», dedi Shnayder.