Bugun 13 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Nepaldagi ommaviy noroziliklardan so‘ng prezident iste’foga chiqdi

Nepaldagi ommaviy noroziliklardan so‘ng prezident iste’foga chiqdi

26 ta ijtimoiy tarmoqning bloklanishi ortidan keng ko‘lamli namoyishlar qo‘rolli to‘qnashuvlarga aylandi, 22 kishi halok bo‘ldi.

Nepal hukumatining Instagram, Facebook, YouTube va X kabi 26 ta ijtimoiy tarmoqni bloklash qarori mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi.

8-sentyabrdan boshlangan namoyishlar qisqa vaqt ichida qo‘rolli to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Parlament binosi yoqib yuborildi, prezident saroyi qo‘rshav olindi. Natijada bosh vazir iste’foga chiqdi, davlat rahbari esa shahardan evakuasiya qilindi.

India Today manbasiga ko‘ra, to‘qnashuvlar davomida 22 kishi halok bo‘lgan, bir necha yuz nafar fuqaro yaralangan.

O‘zbekistonning Nepaldagi elchixonasi vatandoshlarimizga ommaviy to‘planish joylaridan uzoq yurish, namoyishlarda qatnashmaslik va mahalliy qoidalarga qat’iy rioya qilishni tavsiya qilmoqda. Favqulodda holatlarda O‘zbekistonning Nyu-Delisidagi elchixonasiga +91 94994 85962 raqami orqali (Telegram va WhatsApp) murojaat qilish mumkin.

Kiritildi: 13:18 10.09.2025. O'qildi: 321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!