Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Nepalda norozilik namoyishlarida 14 kishi halok bo‘ldi

Nepalda norozilik namoyishlarida 14 kishi halok bo‘ldi

Namoyishlar Nepalda ijtimoiy tarmoqlarning taqiqlanishi ortidan o‘tkazilmoqda, deb xabar bermoqda Reuters.

8 sentyabr kuni Nepal poytaxti Katmanduda hukumatning 26 ta ijtimoiy tarmoqni (jumladan, Instagram, Facebook, YouTube va X) bloklash qaroriga qarshi ommaviy namoyish bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda agentlik.

Bu tarmoqlar Nepal Aloqa vazirligida belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tmagani uchun cheklangan edi. Ommaviy axborot vositalari ushbu namoyishni “Z avlod noroziligi” deb atadi, bu atama 1995–2012 yillarda tug‘ilgan odamlarga nisbatan qo‘llanadi.

Namoyishchilar parlament binosini o‘rab olishdi. Polisiya ularni tarqatish uchun suv purkagichlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalandi, ammo bu yordam bermagach, namoyishchilarga qarata o‘t ocha boshladi, deb yozadi The Kathmandu Post.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, voqea oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, yana 50 dan ortiq kishi jarohat olgan.

Kiritildi: 22:50 08.09.2025. O'qildi: 1911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!