O‘tgan hafta Nepal va Tibetda sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 1000 dan oshdi.
Bu haqda Sky News telekanali xabar bermoqda.
Nepal tabiiy ofatlarni boshqarish kengashining yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, 987 qurbonning jasadi topilgan.
Bundan tashqari, Xitoy rasmiylari so‘nggi yangilanishlarida Tibetda 16 kishi halok bo‘lganini xabar qilishdi.
Bu qurbonlarning umumiy sonini 1003 ga yetkazdi.
Tabiiy ofat 26 avgust kuni ertalab Nepalning shimoliy qismida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, suv toshqini Xitoy bilan chegarada, Rasuvagadhi chegara punktidan taxminan 20 km shimoli-sharqda sodir bo‘lgan ko‘chki tufayli yuzaga kelgan. Kuchli suv, loy va tosh oqimi daryo o‘zani bo‘ylab yuqori tezlikda 70 km dan ortiq masofani bosib o‘tib, yaqin atrofdagi aholi punktlarini vayron qildi va katta maydonni suv bosdi.