Bugun 1 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Nemislar rus gazini talab qilmoqda

Nemislar rus gazini talab qilmoqda

Bloomberg: Germaniya korxonalari urush tugaganidan so‘ng Rossiya gazi importini tiklashga chaqirmoqda.

Agentlikning yozishicha, Germaniya sanoati Rossiyaning arzon gazi asosida qurilgan. Energiya narxlarining oshishi esa iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga olib keldi va ayrim ishlab chiqaruvchilarni xorijga ko‘chib o‘tishga majbur qildi.

"Agar biz Ukrainada tinchlikka erishsak va Rossiyaning Yevropaga tahdid solmasligiga ishonch paydo bo‘lsa, kelajakda Rossiya gazini yetkazib berishni muhokama qilishga ochiq bo‘lishimiz kerak. Menimcha, gaz yetkazib berishni abadiy taqiqlab qo‘yish to‘g‘ri bo‘lmaydi", — deya fikr bildirdi Germaniyaning Saksoniya-Anxalt federal yeri iqtisodiyot vaziri Sven Shulse.

Bloomberg'ning qayd etishicha, gaz xarid qilish haqidagi qarorni mamlakat yetakchilari qabul qiladi. Bu siyosiy jihatdan qabul qilish murakkab qaror bo‘lishi mumkin.

Germaniyaga Rossiya gazini yetkazib berishning ehtimoliy yo‘llari qatorida Ukraina orqali tranzitni tiklash yoki “Shimoliy oqim” quvurining shikastlanmagan qismidan foydalanish imkoniyati mavjud. Hozircha Yevropa Ittifoqi Rossiyadan suyultirilgan tabiiy gaz importini ko‘paytirmoqda.

Kiritildi: 22:15 28.02.2025. O'qildi: 2743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!