O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “SSKA” klubi vingeri Abbosbek Fayzullayev “Bavariya” qiziqishlari doirasida. Bu haqda Championat.com nashri vakili xabar bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya klubi o‘zbekistonlik futbolchini diqqatlik bilan kuzatib bormoqda.
“SSKA” Abbosbek Fayzullayevni 2023 yil yozida 500 ming yevroga sotib olgandi. O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchisining rossiyalik klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha tuzilgan.
Ushbu mavsumda futbolchi 23 o‘yinda qatnashib, 3 gol va 6 assist qayd etdi.
Transfermarkt internet portalida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 8 million yevroni tashkil qiladi. U bu borada O‘zbekistonda ikkinchi o‘rinda turadi.
Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev 2024 yilda O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.