Germaniyada dastlabki reytingi past bo‘lishiga qaramay, kansler Fridrix Mersni qo‘llab-quvvatlash darajasi oshib bormoqda.
Buni Bild nashri uchun o‘tkazilgan Insa so‘rovi natijalari ko‘rsatmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘rovda qatnashganlarning 31 foizi Mers faoliyatini ijobiy baholamoqda - bu uning lavozimga kelganidan keyingi birinchi haftaga nisbatan 8 foiz punktga ko‘pdir. Norozilar ulushi 47 foizgacha kamaydi (2 punktga pasaydi), yana 22 foizi o‘z fikrini bildirmadi.
Mers rahbarlik qilayotgan Xristian-demokratik ittifoq (XDI) ham ijobiy o‘sishni ko‘rsatmoqda - 27 foiz (bir haftada 1 punktga oshdi). Shu bilan birga, "Germaniya uchun muqobil" partiyasi o‘z mavqeini yo‘qotib, 24 foizgacha tushib ketmoqda.
Boshqa partiyalarni qo‘llab-quvvatlash darajasi o‘zgarishsiz qoldi: GSDP - 16%, "Yashillar" - 11%, "So‘llar" - 10%, "Sara Vagenknext alyans"i - 4%.
Ilgariroq may oyida o‘tkazilgan so‘rovlar fuqarolarning Mers boshchiligidagi yangi hukumat faoliyatidan qoniqish darajasi ancha pastligini qayd etgan edi.