Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil Eron hududida maxfiy dron bazasini yaratgan

Isroil Eron hududida maxfiy dron bazasini yaratgan

Isroil “Am Kalavi” operasiyasi doirasida Eron hududida maxfiy dron (BPLA) bazasini yaratdi. Israel Hayom nashrining xabar berishicha, “Am Kalavi” operasiyasi bir necha yillar davomida tayyorlangan. Bu keng ko‘lamli operasiyada bir vaqtning o‘zida bir nechta kommando guruhlari, transport vositalariga o‘rnatilgan zarba beruvchi tizimlar, shuningdek, Eron hududining o‘zidan uchirilgan dronlar ishtirok etgan.

Operasiya uch bosqichga bo‘lingan:

1) Birinchi bosqich:

Mossadning diversiya guruhlari Eronning zenit-raketa tizimlari yaqiniga qurol-yarog‘ tizimlarini yashirincha joylashtirdi. Operasiya boshlangach, bu tizimlar Isroil harbiy-havo kuchlari bilan birgalikda zarba berdi.

2) Ikkinchi bosqich:

Bu bosqichda Eronning havo mudofaasi tizimlarini ishdan chiqarish maqsad qilingan. Zarba tizimlari maxsus transport vositalariga o‘rnatilgan bo‘lib, ular havo hujumlari paytida Eronning PVO kuchlariga Isroil samolyotlarini urib tushirishga xalakit bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu operasiyada taxminan 200 ta Isroil samolyoti ishtirok etgan.

3) Uchinchi bosqich:

Isroil qurolli kuchlari Eronning “er-er” sinfidagi ballistik raketa uchirish moslamalarini, xususan, Esfejabad harbiy bazasidagi qurilmalarni nishonga oldi. Bu raketalar Isroilgacha yetib borish quvvatiga ega edi. Ushbu bosqichda dronlar qo‘llanilgan bo‘lib, ular Eron hududining o‘zidan uchirilgan.
Israel Hayomning yozishicha, Isroil Eron hududida yashirin dron bazasini tashkil etishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 14:04 13.06.2025. O'qildi: 2626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!