Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya “o‘rgimchak to‘ri” operasiyasiga javoban Rovendagi harbiy aerodromga zarba berdi

Rossiya “o‘rgimchak to‘ri” operasiyasiga javoban Rovendagi harbiy aerodromga zarba berdi

Rossiya Mudofaa vazirligi xabarnomasida 9 iyunda Rivne viloyatining Dubno shahri yaqinidagi Ukraina Qurolli kuchlari taktik aviasiyasi samolyotlari joylashgan aerodromlardan biriga zarba bergani qayd etilgan.

"Bu Kiyev rejimi tomonidan Rossiya harbiy aerodromlariga uyushtirilgan terrorchilik hujumlariga javob zarbalaridan biridir", deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.

Mahalliy ma’muriyat Rossiya dronlari va raketalari tunda Rivne viloyatiga hujum qilganini tasdiqladi.

Rossiya harbiylari Ukrainaning Roven viloyati Dubno shahri yaqinidagi aviasiya samolyotlari joylashgan aerodromga katta zarba bergan.

Shuningdek, Ukraina harbiy korxonalari, zarba beruvchi dronlarni yig‘ish sexlari, o‘q-dorilari hamda qurol-yarog‘lari omborlari yuqori aniqlikdagi qurol va dronlar bilan urilgan.

Kiritildi: 22:05 09.06.2025. O'qildi: 1352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!