BILD nashrining yozishicha, Isroil ommaviy kiberhujum orqali Eron mudofaa tizimini ishdan chiqargan. Harbiylar, jumladan, yuzlab ofiser va uchuvchilar nima bo‘layotganini ham bilmagan.
Qayd etilishicha, bo‘linmalar o‘rtasidagi aloqa, rasiyalar, peyjerlar va mobil telefonlar ham ishdan chiqqan. Isroilning hujumlari faqat Eronning havo hujumidan mudofaa bazasida qayd etilgan.
Avvalroq isroillik jurnalist Amit Segal Tel-Aviv hujumi boshlanishidan oldin Eron hududida dronlar, raketalar va havo hujumidan mudofaa qurilmalari allaqachon yashirilganini ma’lum qilgan edi.