Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp: «Biz Eronga imkoniyat bergan edik... Isroilning hujumi shunchaki a’lo darajada»

Tramp: «Biz Eronga imkoniyat bergan edik... Isroilning hujumi shunchaki a’lo darajada»

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Isroilning Eronga hujumlariga izoh berdi.

«Men Eronga navbatma-navbat bitim tuzish imkoniyatini berdim. Ammo ular qanchalik urinishmasin, buni uddalay olishmadi. Ayrim Eron tarafdorlari bu masalaga hazildek qarashdi, biroq ular o‘zlarini nimalar kutayotganini bilishmasdi. Ularning hammasi jon taslim qildi va bundan battar bo‘lishi ham mumkin.Ko‘plab o‘limlar va vayronagarchiliklar allaqachon sodir bo‘lgan, ammo bu qirg‘inga chek qo‘yish uchun hali vaqt bor», ‒ deb yozdi Tramp va keyingi «rejalashtirilgan hujumlar yanada shafqatsiz bo‘lishini» qo‘shimcha qildi.

«Eron kelishuv tuzib, bir paytlar Eron imperiyasi deb atalgan davlatni saqlab qolishi kerak», - deya qo‘shimcha qildi Tramp. U shuningdek Isroilning hujumlariga "a’lo darajada" deya baho berdi.

Tramp avvalroq AQSh Isroilning Eronga zarba berish rejalaridan xabardor bo‘lgani, biroq operasiyada bevosita ishtirok etmaganini aytgandi.

Kiritildi: 16:44 13.06.2025. O'qildi: 1270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!